Xalqaro forumning asosiy tadbirlari boshlandi

Date:

Termiz shahrida “O‘zbekiston (Surxondaryo) – Xitoy” xalqaro forumining asosiy tadbirlari boshlandi. Mazkur nufuzli xalqaro muloqot maydoni Surxondaryoning xorijiy hamkorlar, investorlar va ishbilarmon doiralar bilan aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

Forumning rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yu Jun, Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Azizi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boshqarma boshlig‘i Ixtiyor Niyazmuradov ishtirok etib, kirish so‘zlari bilan murojaat qildi.

Forumda O‘zbekiston, Xitoy va Afg‘oniston hukumatlari vakillari, Xitoydan 120 dan ortiq, Afg‘onistondan 50 ga yaqin kompaniya vakillari, 10 dan ziyod ommaviy va sohaviy birlashma hamda tashkilotlar, shuningdek, 1 mingdan ortiq mahalliy mutasaddi va ishbilarmon doira vakillari qatnashmoqda.

Tadbirlar davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish hamda hududlararo biznes aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Forum doirasida davlatlararo va hukumat-biznes aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan “G2G”, “G2B” va “B2B” formatidagi uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.

Mazkur forum Surxondaryoning investitsiyaviy salohiyatini xalqaro hamjamiyatga keng namoyish etish, yangi hamkorlarni jalb qilish va hudud iqtisodiyotiga zamonaviy investitsiyalarni olib kirish uchun muhim amaliy platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun