Qumqo‘rg‘on tuman Axborot-kutubxona markazida “Ilhom” ijodiy klubi a’zolari ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir mehmoni sifatida Butunjahon xalq ijodkorlari va Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Surxondaryo viloyati bo‘limi hamda “Ilhom” ijodiy klubi rahbari Jumanazar Anorov ishtirok etdi. U kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, ijodkorlikning sharafli yo‘li, yoshlarning izlanishi va milliy adabiyotimizning boy merosi haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida “Ilhom” klubi a’zolari o‘zlarining she’r va ijod namunalarini o‘qib eshittirdilar. Jumanazar Anorov yosh ijodkorlarga qimmatli tavsiyalar berib, ularga yangi ijodiy yutuqlar tiladi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” bosh g‘oyasining mazmun-mohiyati haqida ham fikr almashildi.
Tadbir yakunida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va ijodiy muhitni kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.Muallif:
Sayyora Karimova,
Qumqo‘rg‘on tuman Axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi

