Murojaatlarga yechim izlandi

Date:

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududlarni rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning navbatdagi ommaviy va shaxsiy qabuli Denov tumanida bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida markaziy va hududiy studiyalar orqali ishtirok etgan 95 nafar fuqaroning 110 ta murojaati ko‘rib chiqildi. Ularning 12 tasi joyida ijobiy hal etilib, qolganlari bo‘yicha mas’ullarga qo‘shimcha o‘rganish va amaliy yechim topish vazifasi yuklatildi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvda kommunikatsiya, infratuzilma, kredit, soliq imtiyozlari va logistika masalalari muhokama qilinib, 54 ta murojaatdan 9 tasi joyida hal etildi. Shuningdek, shaxsiy qabulda fuqarolarning ijtimoiy, maishiy, bandlik va tadbirkorlikka oid murojaatlari tinglanib, 3 ta masala ijobiy yechim topdi.

Viloyat hokimi har bir murojaatni qonuniy va amaliy asosda hal etish, berilgan topshiriqlar ijrosini qat’iy nazorat qilish fuqarolar ishonchini mustahkamlash va hududlarni barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun