Texnikumlarimizda bort kuzatuvchilari tayyorlanadi

Date:

Yoshlarni xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kasblarga tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi xalqaro hamkorlik izchil kengaymoqda. Bu esa zamonaviy kasblarni egallash va xorijda malaka oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Shu maqsadda Kasbiy ta’lim agentligi hamda Janubiy Koreyaning INHA Technical College vakillari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, Urganch va Toshkent shahridagi texnikumlarda “Bort kuzatuvchilarni tayyorlash” (Cabin Crew) yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi.

Hamkorlik doirasida 2027-yildan INHA kollejining ikki yillik ta’lim dasturlari, 6 oylik qisqa muddatli kurslar hamda 1+1 qo‘shma ta’lim tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, pedagoglar malakasini oshirish va o‘quvchilarning Janubiy Koreyada amaliyot o‘tashi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur loyiha mamlakatimizda aviatsiya sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarning xalqaro tajriba orttirishi va ularning bandlik imkoniyatlarini kengaytirishda muhim qadam bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun