Talabga mos tashabbus

Date:

Surxondaryoda zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ilk bor tashkil etilgan “Kartografiya va masofadan zondlash” ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasidan o‘tib, 2026/2027-o‘quv yilidan talabalar qabulini boshlaydi. Mazkur yo‘nalish sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida yer va suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligini monitoring qilish, raqamli xaritalash, kadastr hamda tabiiy xavflarni barvaqt aniqlash kabi muhim sohalar uchun zamonaviy mutaxassislar tayyorlaydi.

Shuningdek, “Sun’iy intellekt”, “Mexanika va matematik modellashtirish”, “Sport faoliyati” (kurash va voleybol) bakalavriat hamda “Matematik injiring” magistratura ta’lim dasturlari ham davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi.

Yangi ta’lim yo‘nalishlarining yo‘lga qo‘yilishi hududda zamonaviy kasblarni egallash imkoniyatlarini kengaytirib, raqamli iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun