Temir yo‘lchilar mehnatiga ehtirom

Date:

Avgust oyining birinchi yakshanbasida mamlakatimizda keng nishonlanadigan “Temir yo‘l transporti xodimlari kuni” munosabati bilan Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida bayram tadbiri tashkil etildi.

Temir yo‘l tizimi mamlakat iqtisodiyoti, yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligi hamda hududlarni o‘zaro bog‘lashda muhim o‘rin tutadi. Shu bois, soha xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof etish va ularni rag‘batlantirish transport tizimini yanada rivojlantirishning muhim omillaridan biridir.

Temir yo‘lchilar madaniyat saroyida o‘tkazilgan tadbirda Termiz temir yo‘l bekati, shahobchasi va aeroporti harbiy harakatlar tarkibiy bo‘limi shaxsiy tarkibi, soha faxriylari hamda xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatimiz temir yo‘l tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini oshirish borasidagi ishlar alohida ta’kidlandi.

Bayram munosabati bilan xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh xodimlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tantanali tadbir Termiz garnizoni harbiy orkestri ijrosidagi Vatan madhiga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar bilan yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun