TerDU olimi xalqaro ilmiy tanlov g‘olibi

Date:

Ilm-fan va innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash mamlakat taraqqiyoti hamda zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Bu boradagi navbatdagi yutuq Termiz davlat universiteti olimlari tomonidan qo‘lga kiritildi.

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor Kasimov Sherzod Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston–Belarus fundamental ilmiy loyihalar tanlovining 104-turi g‘olibi bo‘ldi.

Uning tabiiy xomashyolar asosida ichi bo‘sh tolali ultrafiltratsion membranalarni yaratish va ularning xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan fundamental loyihasi moliyalashtirish uchun tavsiya etildi. Loyiha qiymati 1 milliard 462 million 114 ming so‘mni tashkil etadi.

Mazkur muvaffaqiyat universitetda ilmiy salohiyatni yuksaltirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun