Eko-bozor loyihasi nazoratda

Date:

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi navbatdagi o‘rganuv markazida bo‘ldi.

Tuman hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori hamda mutasaddilar qurilish maydonida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, loyihaning borishini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish yakunida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifat talablariga muvofiq yakunlash, ish sur’atini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Yakunlangach, Eko-bozor zamonaviy savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi...

Surxon suv ombori yangi qiyofa kasb etadi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Surxon suv ombori hududida turizmni rivojlantirish, dam...

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...
KunTun
KunTun