Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Date:

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va yashil hududlarni asrash maqsadida sug‘orish ishlari kechki salqin paytlarda olib borilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aynan kechki va tungi sug‘orish namlikning tez bug‘lanishini kamaytirib, daraxtlarning suvni samaraliroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Bu usul o‘simliklarni issiq ta’siridan asrash, yashil hududlarni saqlab qolish va hudud mikroiqlomini barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu tariqa, jazirama kunlarda olib borilayotgan tungi parvarish ishlari tabiatni asrash yo‘lidagi muhim amaliy choralardan biriga aylanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun