Qurilish jadallashdi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilishi jadal davom etmoqda.

Yangiobod mahallasida amalga oshirilayotgan loyiha bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Abdusamatov tanishib, qurilish sifati, ishlar sur’ati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishini o‘rgandi.

Qiymati 4 milliard 766 million so‘mlik loyiha yakunlangach, maktabning o‘quv quvvati oshib, o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi. Bu esa ta’lim sifatini yaxshilash va qo‘shimcha o‘quv o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun