Bilimi-yu iqtidori imtihonda namoyon

Date:

Oliy ta’limga qabul jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, iqtidorli yoshlarni saralab olish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.

7–17-iyul kunlari davom etadigan imtihonlarda abituriyentlarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalari, ijodiy fikrlashi va kasbiy salohiyati shaffoflik, adolat va xolislik tamoyillari asosida baholanmoqda. Sinovlar Jismoniy madaniyat, Musiqa ta’limi, Tasviriy san’at hamda Jurnalistika yo‘nalishlarida tashkil etilgan.

Imtihonlar o‘tkazilayotgan hududlarda zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, jarayonlarga boshqa oliy ta’lim muassasalaridan malakali komissiya a’zolari jalb etilgan. Abituriyentlar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tibbiyot xodimlari, Milliy gvardiya hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari navbatchilik qilmoqda.

Shuningdek, imtihonlar to‘liq kameralar orqali nazorat qilinayotgani va ommaviy axborot vositalarida yoritib borilayotgani qabul jarayonining ochiqligi hamda adolatli o‘tishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun