Muammolar joyida o‘rganilmoqda

Date:

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Bu jarayonda tadbirkorlarning murojaatlarini joyida o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari F. Samatov Surxondaryo viloyatida bo‘lib, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida Qumqo‘rg‘on tumanidagi “MUSTAHKAM MUSTAQILLIK GAZ S GROUP” MCHJga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasida amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Denov tumanidagi “REAL MIKRO KALSIY GIPS” xususiy korxonasida ishlab chiqarishda foydalanilayotgan o‘lchash vositalari davlat metrologik qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilib, korxona rahbariga yer ajratish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sariosiyo tumanidagi “BITOVIK” xususiy korxonasida bank bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. “LIDER-QMB” MCHJ vakillariga esa texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyoz va yengilliklar yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning birinchi yarmida Surxondaryo viloyatida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida 333 ta tadbirkorlik subyektida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, xavf tahlillari asosida 580 ta ogohlantirish xati yuborilgan.

Bunday ochiq muloqot va profilaktik yondashuv tadbirkorlarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish, mahsulotlar sifatini oshirish hamda hududda sog‘lom va raqobatbardosh biznes muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...

Ezgulik ulashib…

Termiz shahrida inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va...
KunTun
KunTun