Salomatlik birinchi o‘rinda

Date:

Chegaraoldi hududlarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlariga yechim topish va yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Uzun tumanida o‘tkazildi.

Tadbir doirasida Termiz harbiy gospitali shifokorlari ishtirokida mahalliy aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilib, fuqarolarga malakali tibbiy maslahatlar berildi. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va sektor mas’ullari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilib, aholining murojaat va takliflari tinglandi. Bir qator masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijroga olindi.

Tadbir harbiy-vatanparvarlik festivali bilan davom etdi. Harbiy orkestr chiqishlari, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali mashqlari va konsert dasturlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bunday amaliy tadbirlar chegaraoldi hududlarida yashovchi aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, davlat idoralari bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda hududlarda ijtimoiy barqarorlik va farovonlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun