Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasi “Suv sport turlari majmuasi”da para suzish bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti Adaptiv jismoniy tarbiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Hasan Xudoynazarov yuksak natijalarni qayd etib, 50 metr, 100 metr va 400 metr erkin usul hamda 100 metr chalqancha usulida oltin, 50 metr batterflyay usulida esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yuqori natijalari evaziga Hasan Xudoynazarov para suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Mazkur yutuq sportchining qat’iyati va mashaqqatli mehnati samarasigina emas, balki mamlakatimizda adaptiv sportni rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasi hamdir.

