Agrotexnik tadbirlar — hosildorlik poydevori

Date:

Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosilga erishish, avvalo, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga bog‘liq. Shu bois hududlarda dalalardagi ishlar doimiy nazorat ostida olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida g‘o‘za parvarishi, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari dalalardagi mavjud holat yuzasidan mas’ullarning axborotini tinglab, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, har bir maydonda agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish va kutilayotgan hosil uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalarni belgiladi.

Mazkur ishlar qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, hosildorlikni ko‘paytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun