Chorrahada ishlar jadallashdi

Date:

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va transport harakati xavfsizligini ta’minlash hududlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu boradagi izchil ishlar tuman markazida ham davom etmoqda.

Ayni kunlarda tuman markazidagi aylanma chorrahada (“kolsa”) keng ko‘lamli asfalt yotqizish ishlarining ikkinchi bosqichi olib borilmoqda. Zamonaviy talablar asosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari yo‘l qatnovi sifati va xavfsizligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Loyiha yakuniga yetgach, chorrahadan harakatlanayotgan haydovchilar va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi. Mazkur ishlar hudud transport infratuzilmasini yaxshilash va aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“MARDLAR MAYDONI”: TERMIZDA XALQARO KURAŞ TURNIRI ÖTKAZILADI

Kuraş — xalqimizning milliy qadriyatlari, mardlik, jasorat va halollik...

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...
KunTun
KunTun