Xalqaro hakamlik maqomiga sazovor bo‘ldi

Date:

Termiz davlat universitetida xalqaro e’tiroflar safi yana bir muhim yutuq bilan boyidi. Bu nafaqat oliygohning, balki mamlakatimizda para sportini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarning xalqaro miqyosdagi e’tirofidir.

Universitetning Sport faoliyati fakulteti dotsenti Ulug‘bek Chariyev para yengil atletika bo‘yicha xalqaro hakamlarni tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro hakamlik sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Mazkur sertifikat unga xalqaro para yengil atletika musobaqalarida hakamlik qilish hamda xalqaro kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritish huquqini beradi. Ushbu yutuq Termiz davlat universiteti nufuzini yanada oshirish bilan birga, yurtimiz sport sohasi mutaxassislarining xalqaro maydondagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun