Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Germaniyaning yetakchi logistika kompaniyasi — “Rhenus Logistics” delegatsiyasi bilan transport-logistika sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Muloqotda viloyatning tranzit va eksport salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy logistika xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro transport yo‘laklariga integratsiyani kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kompaniya vakillari hududning logistika infratuzilmasi va investitsion imkoniyatlari bilan tanishdi.

Mazkur uchrashuv Surxondaryoning xalqaro logistika tarmog‘idagi o‘rnini mustahkamlash, eksport hajmini oshirish va yangi investitsiyalarni jalb etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun