Taʼmirlash yakuniy bosqichda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori ijrosi doirasida tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 34-oilaviy poliklinikaning Gultepa filialida kapital ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga yetdi.

Qiymati 2 milliard 502 million so‘mlik loyiha doirasida tibbiyot muassasasi zamonaviy talablar asosida yangilanib, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, Gultepa va Mehrobod mahallalari aholisi sifatli, zamonaviy va qulay birlamchi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Mazkur loyiha sog‘liqni saqlash infratuzilmasini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholining salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun