Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyati, tashabbuskorligi va huquqiy bilimini baholashga qaratilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini taqdimot, tashabbuskorlik hamda huquqiy kazuslarni yechish shartlari orqali namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qiziriq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Bunyod Avazov g‘olib deb topilib, 5 million so‘m pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov yosh kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni rag‘batlantirish va adliya tizimida tashabbuskor hamda malakali mutaxassislar safini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

