Xalqaro ekspertlar Termizda

Date:

Pearson BTEC xalqaro ta’lim dasturi bo‘yicha tashqi tekshiruvchi Michael Coleman Termizga tashrifi davomida shaharning boy tarixiy-madaniy merosi va ta’lim sohasidagi yutuqlariga yuqori baho berdi.
Hakim at-Termiziy majmuasi bilan tanishgan xalqaro ekspert maskanning ma’naviy qadriyati, noyob me’morchiligi hamda Surxondaryo aholisining mehmondo‘stligidan chuqur taassurot olganini ta’kidladi.
Shuningdek, Termiz shahar 2-son texnikumida yaratilgan ta’lim muhiti, pedagoglarning fidokorona mehnati va o‘quvchilarning natijalarini e’tirof etib, muassasa jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
Bunday xalqaro tashriflar hududning ta’lim salohiyati, tarixiy merosi va turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

57 yillik orzu ro‘yobga chiqdi

Muzrabot tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan "Qorakamar" qishlog‘i...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Muzrabot tumanining Chegarachi mahallasidagi 29-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv...

Yoshlar sog‘lom hayot sari chorlanmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz”...

Surxondaryoda iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi 16...
KunTun
KunTun