Ibratli xonadon

Date:

Yashil va obod muhit yaratish bugungi kunda nafaqat estetik ehtiyoj, balki sog‘lom turmush tarzi va ekologik madaniyatning muhim ko‘rinishiga aylanmoqda. Oltinsoy tumanidagi “Qoratepa” mahallasida istiqomat qiluvchi Zulfiya Safaraliyevaning xonadoni ana shunday ibratli maskanlardan biridir.

Gullarga bo‘lgan cheksiz mehr, nozik did va tinimsiz mehnat samarasida ushbu xonadon go‘zal gulzorga aylangan. Har bir niholga e’tibor, har bir gulga muhabbat bilan yondashilgani hovlining fayzi va ko‘rkamligida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Bunday namunali xonadonlar mahalla chiroyini oshirish, atrof-muhitga mehr va ozodalikka bo‘lgan munosabatni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Zulfiya opaning mehnatsevarligi va go‘zallik yaratishga bo‘lgan intilishi ko‘pchilik uchun munosib o‘rnakdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun