Hojilar ona vatanga qaytdi

Date:

Muqaddas Haj amallarini yuksak saviyada ado etgan surxondaryolik ziyoratchilarning dastlabki guruhi ona vatanga qaytib keldi. Muborak safardan yorug‘ yuz va ulkan taassurotlar bilan qaytgan yurtdoshlarimiz tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi rahbariyati, viloyat va shahar mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari hamda ziyoratchilarning yaqinlari ishtirok etdi.
Safarni yakunlab kelgan hojilar ko‘rsatilgan yuksak ehtirom hamda g‘amxo‘rlik uchun tashkilotchilarga va davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib,
yurtimizga tinchlik-omonlik, xonadonlarimizga qut-baraka hamda xalqimizga farovonlik tilab, ezgu duolar qilishdi.

Ziyoratchilarning keyingi guruhlarini ham xuddi shunday ko‘tarinki ruhda kutib olish ishlari tizimli ravishda davom ettirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun