Ish tashlash huquqi rasman tan olindi

Date:

Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy adolatni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida O‘zbekistonda ish tashlash huquqi qonuniy ravishda e’tirof etildi. Prezident tomonidan imzolangan qonun uch oy muddatdan so‘ng kuchga kiradi.

Yangi tartibga ko‘ra, ish tashlash xodimlarning mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamoaviy mehnat nizolarini hal etish vositasi sifatida qo‘llanadi. Bunda ish tashlash faqat jamoaviy qaror asosida va belgilangan tartiblarga rioya qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.

Mazkur qonun xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida muvozanatli munosabatlarni shakllantirish, mehnat huquqlarini samarali himoya qilish hamda xalqaro mehnat standartlariga mos huquqiy tizimni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun