“Men — donorman”

Date:

“Men — donorman” shiori ostida xayriya qon topshirish aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ezgu tashabbusda Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi xodimlari faol ishtirok etib, insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat kabi yuksak qadriyatlarni amalda namoyon etdilar.
Tadbir davomida topshirilgan qon va uning tarkibiy qismlari turli og‘ir xastaliklar bilan kurashayotgan bemorlar, ayniqsa onkologik va gematologik kasalliklar sabab davolanayotgan bolalarga beg‘araz yordam sifatida yo‘naltiriladi. Har bir donorning xayrli amali kimningdir hayotini saqlab qolish, sog‘ayishiga umid baxsh etish va kelajakka ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mazkur aksiya nafaqat qon topshirish tadbiri, balki jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat, hamjihatlik va inson hayotiga befarq bo‘lmaslik madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Shuningdek, ushbu tashabbus viloyatning barcha shahar va tumanlarida keng miqyosda davom ettirish rejalashtirilgan. Bu orqali ko‘proq fuqarolarni donorlik harakatiga jalb qilish, insonlarga umid ulashish va minglab hayotlarni saqlab qolishga munosib hissa qo‘shish maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun