Zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari rivojlantiriladi

Date:

Prezidentimizning 2025-yil 5-maydagi PF–78-son Farmoni ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari uchun strategik samaradorlik va zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Surxondaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda davlat xizmatchilarida strategik fikrlash, samarali boshqaruv, zamonaviy menejment texnologiyalaridan foydalanish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, istiqbolli rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish, boshqaruv salohiyatini yuksaltirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashabbus davlat boshqaruvi tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy yondashuv va strategik tafakkurga ega rahbar kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun