Qurilish qaysi bosqichda?

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qarori ijrosi doirasida Muzrabot tumanida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha Islom taraqqiyot banki va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida hayotga tatbiq etilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Chegarachi mahallasida ham qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, 22-sonli umumta’lim maktabi hududida “Chinor” MCHJ tomonidan 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilmoqda. Ayni paytda uch qavatli binoning uchinchi qavatida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha yakunlangach, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari yaratilishi, hududdagi ta’lim infratuzilmasi esa sezilarli darajada yaxshilanishi kutilmoqda. Bu esa qishloq hududlarida ta’lim sifatini oshirish va yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun