Mutolaa uchun imtiyoz

Date:

O‘zbekistonda mahkumlarni kitobxonlikka rag‘batlantirish va ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga qaratilgan yangi tartib joriy etildi. Hukumat qaroriga ko‘ra, jazoni o‘tash davrida tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘qib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan mahkumlarning jazo muddati qisqartiriladi.

Yangi tartibga muvofiq, har bir o‘qilgan va testdan muvaffaqiyatli topshirilgan kitob uchun mahkumning jazo muddati uch kunga kamaytiriladi. Bunda bir yil davomida beriladigan imtiyoz 30 kundan oshmasligi belgilangan. Mazkur tartib umrbod ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Test sinovlari “E-mahkum” axborot tizimi orqali yiliga ikki marotaba o‘tkaziladi. Talabgorlarga har bir kitob bo‘yicha 25 ta savol berilib, kamida 70 ball to‘plagan mahkum testdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur tizim mahkumlarni mutolaa qilishga undash, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda jamiyatga qayta moslashish jarayonini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan yangi tartib jazoni ijro etish tizimida ma’naviy tarbiya va ijtimoiy reabilitatsiya mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun