Rasmiylashtirish soddalashtirildi

Date:

O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan qonun imzolandi. Yangi tartib fuqarolar uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va mulk huquqini tezroq rasmiylashtirishga xizmat qiladi.

Qonunga ko‘ra, arizalarni ko‘rib chiqish muddati 150 kundan 50 kungacha qisqartirildi. Shuningdek, soliq qarzdorligi BHMning 30 baravaridan oshmagan holatlarda ham mulk huquqini e’tirof etish imkoniyati yaratildi.

Yangi tartibda bir martalik to‘lovning 50 foizi 20 ish kuni ichida to‘langanda, qolgan qismiga chegirma qo‘llanadi. Fuqarolarga to‘lovni 1 yildan 3 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berildi.

Shuningdek, ortiqcha egallangan yerlar bo‘yicha huquqlarni rasmiylashtirish mexanizmi takomillashtirilib, mahalliy kengashlar qarorlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun