Maktabgacha ta’limda yangi qadam

Date:

Sherobod tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va bolalar uchun zamonaviy ta’lim muhitini yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda “Dehqonariq” mahallasida 150 o‘rinli 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari A. Pirmatov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i R. Rayimov, mas’ullar, nuroniylar hamda ota-onalar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor va bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni alohida ta’kidladilar.

Yangi muassasa keng va zamonaviy guruh xonalari, musiqa zali, jihozlangan oshxona, xavfsiz o‘yin maydonchalari hamda o‘quv-uslubiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘lib, 150 nafar tarbiyalanuvchini qamrab olish imkoniyatiga ega.

Mazkur ta’lim maskanining ishga tushirilishi maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash hamda ularni maktab ta’limiga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun