Obod mahalla sari ekologik yondashuv

Date:

Mahalla raislari uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminar doirasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda ekologik talablarni amaliyotga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan ma’ruzalarda mahallalarda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va ekologik mas’uliyatni oshirishning dolzarb jihatlari yoritildi.

Shuningdek, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” tamoyillarini hayotga tatbiq etish, qabristonlarni obodonlashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga hududlarda ekologik tashabbuslarni kuchaytirish va aholining tabiatga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur seminar mahallalarda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashash muhitini yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun