Termiz shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Surxondaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va dastlabki natijalar muhokama qilindi.
Joriy yil 1-apreldan boshlab viloyatda ishga tushirilgan tizim doirasida 2,7 milliondan ortiq aholi “D-Med” elektron platformasiga biriktirildi, 240 ta tibbiyot muassasasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Endilikda fuqarolar oilaviy shifokor yo‘llanmasi asosida kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega.
Tadbir doirasida tashkil etilgan media tur davomida jurnalistlar davlat tibbiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan davolanayotgan bemorlar bilan uchrashib, tizimning amaliy natijalari bilan yaqindan tanishdi. Ta’kidlanganidek, yangi tizim aholi uchun sifatli va qulay tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirib, inson salomatligini muhofaza qilishda muhim o‘rin tutmoqda.
Tibbiy xizmatlar ko‘lami kengaymoqda
Date:

