Loyihalar amaliy bosqichda

Date:

Surxondaryo viloyatida investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Wanlin Group Limited” kompaniyasi rahbari Li Yantao boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqot davomida hududda zamonaviy akvapark barpo etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, oqova suvlarni tozalash hamda qayta foydalanish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Tomonlar ushbu tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdi. Mazkur loyihalar hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport hajmini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun