Ishlar jadallashmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida joylashgan Oks Aleksandriya (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligida bo‘lib, hududda olib borilayotgan qurilish, restavratsiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Mazkur tarixiy maskanni turizm markaziga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida zamonaviy infratuzilma va me’moriy yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat hokimi mas’ullarga ishlar sifatini oshirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish hamda sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Ta’kidlanishicha, Kampirtepa kabi noyob yodgorliklarni asrab-avaylash va ularni xalqaro turizm yo‘nalishiga integratsiya qilish dolzarb vazifalardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...
KunTun
KunTun