Ekologik madaniyat amalda

Date:

Har qanday targ‘ibotning samarasi, avvalo, uni olib borayotganlarning o‘z namunasi bilan boshlanadi. Shu ma’noda 10-iyun kuni mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilgan “Avtomobilsiz kun” ekologik aksiyasi ham muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.
“Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur tashabbus atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni kamaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholining sog‘lig‘ini asrashga xizmat qildi.
Aksiya doirasida Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, ishga piyoda kelish orqali ekologiyani asrashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Bu kabi tashabbuslar ekologik madaniyatni yuksaltirish va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun