Qat’iy choralar ko‘rildi

Date:

Surxondaryo viloyatida sud qarorlariga asosan egasiz deb topilgan kontrafakt va noqonuniy mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Jumladan, umumiy qiymati qariyb 180 million so‘mlik tamaki mahsulotlari, dori vositalari, alkogol mahsulotlari, parfyumeriya vositalari hamda boshqa turdagi mahsulotlar sud qarorlari asosida muomaladan chiqarildi va yoqib yuborish orqali yo‘q qilindi.
Mazkur tadbir bojxona organlari, Majburiy ijro byurosi, adliya organlari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida amalga oshirildi. Bu kabi choralar iste’molchilar salomatligini himoya qilish, noqonuniy savdo va kontrafakt mahsulotlar tarqalishining oldini olish hamda bozorda qonuniy raqobat muhitini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun