Marrani katta olib…

Date:

Sho‘rchi tumanining “Qoqaydi” mahallasida yashovchi Dilobar Siddiqova o‘z mehnatsevarligi va tashabbuskorligi bilan ibrat bo‘lib kelmoqda. U sutni qayta ishlash orqali tabiiy va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarayotgan oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Uning faoliyati shuni ko‘rsatadiki, har bir ayol o‘z tashabbusi va mehnati bilan nafaqat daromad manbaiga ega bo‘lishi, balki jamiyatda munosib o‘rin egallashi ham mumkin. Tadbirkor ayol marrani katta olgan, yaqin bir necha yil ichida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish hamda yana bir necha xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan.

“Mehnat qilgan insonning rizqi barakali bo‘ladi. Sifat va tozalik biz uchun eng muhim,” deydi u.

Mazkur tashabbus xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom hayot sari 1000 qadam

Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari “Yoz–2026”...

Qaldirg‘och

Bir kuni qo‘shnim bilan suhbatlashib o‘tirgan edik. Shu payt...

Hokimlar endi aholini shaxsan qabul qiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda...

30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan...
KunTun
KunTun