Bilimlar tajriba bilan boyitilmoqda

Date:

Termiz davlat universitetining kimyo fakultetida tahsil olayotgan 430 nafar talaba o‘quv jarayoni va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish maqsadida amaliyot rahbarlari hamrohligida tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlariga kuzatildi.

Talabalar amaliyot davomida Toshkent shahri va viloyati, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur amaliyotlar bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga xizmat qiladi.

Termiz davlat universitetida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish hamda malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun