Bandlik sari ilk qadam

Date:

Sherobod tumanida tikuvchilik o‘quv kursi bitiruvchilariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Aminova, o‘quv markazi rahbari hamda kursni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar ishtirok etdi.

Marosimda ta’kidlanganidek, tikuvchilik kabi qisqa muddatli kasb-hunar kurslari, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. Bunday tashabbuslar ularning nafaqat hunar egallashiga, balki o‘z daromad manbaini shakllantirishiga, iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashiga ham xizmat qilmoqda.

Kurs bitiruvchilari tikuvchilik yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalarni egallab, kelgusida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, oilaviy daromadni oshirish hamda jamiyatda faol va munosib o‘rin egallash imkoniyatiga ega bo‘lishlari ta’kidlandi.

Shuningdek, tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar izchil davom etayotgani qayd etildi.

Tadbir yakunida bitiruvchilarga sertifikatlar topshirilib, ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun