O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yar ekan, ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor yanada kuchaydi. Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida zamonaviy bilim va kompetensiyalarga ega bo‘lgan pedagog-
larni tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida faoliyat yuritayotgan ta’lim maskani — Termiz davlat pedagogika institutidir.
Qisqa faoliyat davriga qaramay, institut nafaqat viloyatimizda, balki respublika miqyosida ham o‘z nufuzi va salohiyatini namoyon eta oldi.
Ta’lim sifati ko‘p jihatdan pedagogning malakasi va kasbiy mahoratiga bog‘liq. Shu sababli institutda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar ta’lim jarayonida nafaqat fanlarni chuqur o‘zlashtiradi, balki zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishni ham o‘rganadi.
Institutdagi yo‘nalishlar zamon talablari asosida takomillashtirilib, mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirib borilmoqda.
Bugungi globallashuv davrida oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Termiz davlat pedagogika instituti ham bu borada salmoqli natijalarga erishmoqda. Xususan, institut 2026–2029-yillarda Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida University of Munster bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu loyiha talaba va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Mazkur hamkorlik natijasida xorijlik talabalar institutda malaka oshirayotgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik talabalar ham Yevropaning nufuzli universitetlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa yoshlarning dunyoqarashi kengayishi, xorijiy tajribani o‘rganishi va xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bunday hamkorliklar ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xorijiy tillarni bilish yoshlarning muvaffaqiyat kalitiga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan institut xalqaro sertifikatlash tizimlarini joriy etishga katta e’tibor qaratmoqda.
Yaqinda oliygoh va IDP Education o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hamkorlik kelgusida institutda IELTS imtihonlariga tayyorlash va test topshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Bundan tashqari, institutda TOEFL iBT va ITEP xalqaro imtihonlari muntazam tashkil etilmoqda. Talabalarning xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi ularning akademik va kasbiy imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Termiz davlat pedagogika institutida ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilgan.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan pedagogika, metodika, psixologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, filologiya kabi yo‘nalish-
larda dolzarb ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Talabalar uchun ilmiy konferensiyalar, seminarlar, innovatsion loyiha tanlovlari va ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Bu esa yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish va kelajakdagi ilmiy kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Institutda talabalar uchun fan olimpiadalari, sport musobaqalari, teatr va ijodiy festivallar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, volontyorlik
loyihalari muntazam tashkil etiladi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida zamonaviy kutubxona, axborot-resurs markazi, kompyuter sinflari va sport majmualari faoliyat yuritmoqda.
Bu yerda tahsil olayotgan minglab yoshlar ertaga maktablarda, ta’lim muassasalarida va ilmiy markazlarda faoliyat yuritib, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham institut faoliyati bevosita jamiyat kelajagi bilan bog‘liq. Zamonaviy infratuzilma, malakali professor-o‘qituvchilar, xalqaro hamkorliklar va ilmiy faoliyatning rivojlanishi institutning istiqboli yanada porloq ekanini ko‘rsatmoqda.
Visola Samadova,
Termiz davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi

