Maktabgacha ta’lim qamrovi kengaymoqda

Date:

Maktabgacha ta’lim bilan qamrovni oshirish, bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada hududlarda yangi ta’lim maskanlarini tashkil etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Sariosiyo tumani, “Bog‘iobod” mahallasida 150 o‘rinli “Hilolaxon” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Muassasa foydalanilmayotgan bino negizida zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etilib, unda oshxona, musiqa zali, bolalar o‘yin maydonchasi va boshqa zarur qulayliklar yaratildi.

Yangi bog‘cha orqali hududdagi 150 nafar 3–7 yoshli bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinadi, 24 nafar fuqaro esa doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Ushbu loyiha bolalarni maktabgacha ta’limga keng jalb etish, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda mahallada ijtimoiy infratuzilmani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun