Tibbiy ko‘riklar tashkil etildi

Date:

Aholi salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois profilaktik tibbiy ko‘riklar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Salomatlik marafoni” tadbirlari doirasida Boysun tumanidagi 9-sonli oilaviy poliklinikada malakali shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda fuqarolar terapevt, kardiolog, nevrolog, endokrinolog va boshqa mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilib, qon bosimi, qondagi glyukoza miqdori hamda muhim tibbiy ko‘rsatkichlar tekshirildi.

Shuningdek, aholiga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda fuqarolar salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun