Hayotga umid ulashib…

Date:

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini muhofaza qilish hamda jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda beg‘araz donorlik an’analari tobora kengayib bormoqda.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostidagi beg‘araz donorlik aksiyasi Qumqo‘rg‘on tumani Tibbiyot birlashmasida ham tashkil etildi. Unda tuman fuqarolari, yoshlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, inson hayotini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Donorlik insonparvarlik, mehr-oqibat va yuksak fuqarolik mas’uliyatining yorqin ifodasidir. Ayniqsa, muolajaga muhtoj bolalar uchun topshirilgan har bir tomchi qon ularning sog‘ayishi va kelajakka bo‘lgan umidini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur xayrli tashabbus jamiyatda mehr-oqibatni kuchaytirish hamda bolalar salomatligini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun