Surxondaryoning ekologik loyihalari xalqaro maydonda

Date:

Samarqand shahrida o‘tayotgan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida Surxondaryo viloyatining ekologiya va iqlim yo‘nalishidagi loyihalari keng namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida viloyat paviloni mahalliy va xorijiy mutaxassislar, investorlar hamda hamkorlar e’tiborini tortib, hududda amalga oshirilayotgan yashil tashabbuslar, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdim etilmoqda.

Pavilon bilan tanishgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga viloyatda bioxilma-xillikni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur xalqaro maydon Surxondaryoning ekologiya sohasidagi tajribasini targ‘ib qilish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun