Surxondaryoda ilk “Yagona migratsiya markazi” ish boshladi

Date:

Termiz shahrida hududlar uchun namunaviy hisoblangan ilk “Yagona migratsiya markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Zamonaviy markaz xorijda ishlash istagidagi fuqarolarga zarur xizmatlarni bir joyning o‘zida taqdim etadi.

Bu yerda fuqarolar xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi, xorijiy tillarni o‘rganadi, xalqaro sertifikatlar uchun imtihon topshiradi hamda hujjatlarni rasmiylashtirish va viza olish bo‘yicha amaliy yordam oladi.

Markazning ishga tushirilishi aholining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini ta’minlash hamda fuqarolar uchun byurokratik to‘siqlarni kamaytirishda muhim qadam bo‘ldi. Shu bilan birga, u xorijda mehnat faoliyatini qonuniy va samarali tashkil etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun