2 344 tonna hosil yig‘ildi

Date:

Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida erishilayotgan yutuqlar hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Surxondaryo viloyatida pillachilik yo‘nalishida qo‘lga kiritilgan yuksak natijalar esa soha taraqqiyotining yaqqol ifodasiga aylandi.

Viloyat pillakorlari joriy yilning birinchi mavsumida 2 ming 344 tonnadan ortiq “kumush tola” yetishtirib, respublikada birinchilardan bo‘lib pilla yetishtirish bo‘yicha prognoz rejasini muvaffaqiyatli bajardi. Bu natija fidokorona mehnat va sohada joriy etilgan zamonaviy yondashuvlar samarasidir.

Ishlab chiqarishda voha iqlimiga mos serhosil mahalliy navlardan samarali foydalanilgani hamda pilla qurtini parvarishlashda ilg‘or texnologiyalar tatbiq etilgani har bir qutidan o‘rtacha 60 kilogrammdan hosil olish imkonini berdi.

Ayni paytda viloyatdagi qabul punktlarida pilla hosilini qabul qilish ishlari yuqori tashkiliy darajada davom etmoqda. Mazkur natijalar Surxondaryoda pillachilik sohasining izchil rivojlanayotgani va mehnatsevarlik an’analarining mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun