Maqsad bir, marra bizniki

Date:

Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va aholining jismoniy faolligini oshirish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda “Sog‘lomlik marafoni” ommaviy tadbirlari doirasida 1-iyun kuni Termiz shahrida ko‘tarinki ruhdagi yurish marafoni tashkil etildi.

Erta tongda “Surxon Arena” sport majmuasidan start olgan “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostidagi yurish tadbiri ishtirokchilarga yuqori kayfiyat va sportga bo‘lgan katta ishtiyoq ulashdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Marafon ishtirokchilari A.Navoiy ko‘chasidan boshlanib, I.Karimov shoh ko‘chasi orqali “Bolajon bog‘i” hududigacha piyoda yurishdi. Erta tongdagi jo‘shqin muhit, jamoaviy birdamlik va sportga bo‘lgan qiziqish tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.

Mazkur ommaviy yurishlar aholida sog‘lom hayotga intilishni kuchaytirish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamiyatda birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun