Marafonda barcha faol

Date:

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish bugungi kunda muhim ijtimoiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida “Salomatlik marafoni – 2026” doirasida ommaviy sport tadbirlari bilan bir qatorda bepul tibbiy ko‘riklar ham yo‘lga qo‘yildi.

Tashkil etilayotgan tibbiy ko‘riklar fuqarolarga o‘z salomatlik holatini tekshirtirish, xastaliklarni erta bosqichda aniqlash hamda malakali mutaxassislardan zarur tibbiy tavsiyalar olish imkonini bermoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ko‘plab kasalliklar dastlabki bosqichlarda sezilarli alomatlarsiz kechadi. Shu bois muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish sog‘liqni saqlash va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Marafon davomida ishtirokchilarga sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish hamda kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilmoqda. Ayni jarayon viloyat aholisi uchun sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etuvchi keng qamrovli ijtimoiy maydonga aylanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun