Tadbirkorlik rivojlanmoqda

Date:

Bandixon tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanga tashrifi davomida “Bektepa” kichik va yoshlar sanoat zonasida olib borilayotgan infratuzilma ishlari bilan tanishdi. Hududda tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida elektr, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlari bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda.

Shuningdek, “Susambil” mebel ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirilib, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyihalar Bandixon tumanining iqtisodiy salohiyatini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash va hududda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun