Sho‘rchida bog‘dorchilik rivojlanmoqda

Date:

Sho‘rchi tumanining Dalvarzin hududida joylashgan “Jo‘rayeva Oysulton” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida eksportbop meva yetishtirish ishlari kengaymoqda.

Ayni paytda xo‘jalikdagi 120 tup olcha daraxtidan olingan hosil Rossiyaga eksport qilinib, bugungi kungacha 11 tonna mahsulot xorij bozoriga yo‘naltirildi. Bundan tashqari, bog‘bon Sherali Jo‘rayev tomonidan 2 gektar maydonda shaftoli bog‘i barpo etilib, ko‘chatlar parvarish qilinmoqda. Ikki yillik ko‘chatlar kelgusida yuqori hosil berishi kutilmoqda.

Fermer xo‘jaligida 4 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, mavsum davomida yana 30 nafarga yaqin aholi vaqtinchalik bandlikka jalb etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchida bog‘dorchilik rivojlanmoqda

Sho‘rchi tumanining Dalvarzin hududida joylashgan “Jo‘rayeva Oysulton” bog‘dorchilik fermer...

Yo‘llar yangilanmoqda

Surxondaryo viloyatida Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi yirik infratuzilma loyihasi...

Sel suvlari endi iqtisodiy imkoniyatga aylantiriladi

O‘zbekistonda sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanish, suv ta’minotini yaxshilash hamda...

Sohil voleyboli ommalashmoqda

Termiz shahrida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari...
KunTun
KunTun